14.11.2023-yil pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Axmedova Laylo Tolibjonovna yosh tadqiqotchilar uchun "Validatsiya" ilmiy-tadqiqot instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan "13.00.02-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisossligi bo'yicha dissertatsiya yozish texnologiyalari" nomli seminar-trening o'tkazdi. Seminarda tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchilar  qatnashdilar. 


Seminar mobaynida quyidagilarga e'tibor qaratildi:
dissertatsiya mavzusining dolzarbligida e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan xususiyatlar; 
tadqiqot mavzusining maqsad, vazifalari, obyekt va predmeti tushunchalari;
 tadqiqot metodlari va tadqiqot usullari tasnifi;
 mavzuning yangiliklari, nazariy va amaliy ahamiyati.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube