14-noyabr kuni O‘zDJTU rahbariyati vakillari Britaniya Kengashi va Norvich til ta’limi instituti vakillarini qabul qildi va uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Norvich til ta’limi instituti eksperti Liza Mann, Britaniya Kengashi loyiha menejeri  O‘zDJTU tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Y. Azzamov, PRESETT loyihasi koordinatori Y. Abduraimova,  PRESETT loyihasi eksperti N. Isamuxamedovalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda quyidagi masallar muhokama qilinib, kelishuvlarga erishildi:

1)  Britaniya Kengashi bilan hamkorlikdagi PRESETT loyihachini amalga oshirish holati,

2)  PRESETT dasturini o‘quv reja va dasturlarga integratsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish,

3)  O‘quv jarayonida mustaqil ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikda loyiha ishlab chiqish hamda amalga oshirish.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube