18-noyabr OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakultetida 17-noyabr — Xalqaro talablar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Talabalarni bayram bilan tabriklab, ularga yaxshi oʻqish kerakligi, ilmli, bilimli talabalar millatimiz kelajagi ekanini ta’kidladi.

Shundan soʻng, bayram tadbiri kuy-qoʻshiqlarga ulanib ketdi. Fakultet talabalarining sahna ko’rinishlari, QVZ jamoalarining chiqishlari va ko’ngilochar konsert dasturi yigʻilganlarga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube