Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi katta o‘qituvchilari Axmedova Nodira hamda Xayrulloyeva Lola tomonidan Chilonzor tumanida joylashgan 195-umumta’lim maktabida o‘qituvchilar uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulot “Problem Based Learning” metodikasiga asoslangan turli pedagogik texnikalar yordamida olib borildi. Dars jarayonida mazkur metodikaning dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va muammoli vaziyatlarda yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari amaliy misollar orqali namoyish etildi.

Mahorat darsi davomida ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashildi hamda kelgusida ushbu metodikadan foydalanib dars jarayonlarini yanada boyitish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube