21-OKTABR — ÖZBEK TILI BAYRAMI
21-oktabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Şarq filologiyasi fakulteti tyutori N. Mannonova taşabbusi bilan 3-bosqiç talabalari iştirokida davra suhbati taşkil etildi.
Suhbat davomida özbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning tarixiy taraqqiyoti, milliy özligimiz va ma’naviy merosimizni asrab-avaylaşdagi örni haqida fikr almaşildi. Şuningdek, ona tilimizning nufuzini oşiriş, uning sofligini saqlaş, kundalik muloqotda va rasmiy faoliyatda adabiy til me’yorlariga rioya qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir talabalarda ona tiliga hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlaş, milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyğusini yuksaltiriş hamda özbek tilining jamiyat hayotidagi ahamiyatini çuqurroq anglaşga qaratildi.
2026-10-22 12-41