#oʻz_maqsadlaringni_bil

25-yanvar kuni OʻzDJTU talabalari uchun mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Toshkent shahar IIBB axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Uchtepa tumani guruh rahbari podpolkovnik Dilshod Abdurahmonov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi boʻlim boshligʻi M. Boysariyev, Universitet profilaktika inspektori podpolkovnik Rustam Bobojonov hamda Shahzod Bekmetovlar ishtirok etdi.

Kiber maydonlarni himoya qilish va axborot xavfsizligi tahdidlariga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan ochiq muloqotda kiber hujumlarga qarshi qay tarzda kurashish hamda oʻziga tegishli boʻlgan plastik karta maʼlumotlarini hech kimga bermaslik, ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn buyum sotib olayotganda ehtiyotkor boʻlish va turli firibgarlarning aldoviga ishonib qolmasligi taʼkidlandi.

Tadbirda talabalar oʻzlari duch kelgan holatlar haqida soʻzlab berdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

2024-01-25 04-51

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi