26-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi” mavzusida talaba-yoshlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Feruza Rashidova – Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i va tyutor Nilufar Mannonova olib bordi. Suhbat davomida kitobning ma’naviy va intellektual hayotdagi roli, yosh avlodda kitobxonlik odatlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi hamda kitobxonlikning hayotdagi ahamiyatini chuqur anglash imkoniga ega bo‘ldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube