28-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Swissôtel” mehmonxonasida "Wonderful Indonesia Festival-2025" tadbiri boʻlib oʻtdi.

Dasturda koʻplab nufuzli tashkilotlar, elchilar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va boshqa san’at arboblari ishtirok etishdi. 

Indoneziya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mrs. Siti Ruhaini Dzuhayatin taklifiga binoan, tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti nomidan xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor  A.Nasirov, Ingliz tili ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri A.Yuldashev, Indonez tili oʻqituvchisi F.Avazova qatnashishdi. 

 

 

Festival davomida Indoneziya xalqining milliy qoʻshiqlari, raqslari, shuningdek, turli san’at namunalari namoyish etildi. Tadbir juda qiziq, rang-barang chiqishlarga boy oʻtdi va barcha mehmonlarda ajoyib taassurot qoldirdi.

Bu kabi dasturlar ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi choʻqqiga erishishi, ishonch va birdamlikning mustahkamlanishi ramzi boʻlib xizmat qiladi. 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube