20-fevral kuni 283-sonli umumta’lim maktabida “Methods of Teaching Foreign Languages” mavzusida metodik seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Timanova R., Ashurov B. va Reymov B. ishtirokida tashkil etildi.
Tadbir davomida zamonaviy interaktiv o‘qitish metodlari — Case Study, Debate, Roleplay, SWOT table, Jigsaw hamda Storytelling usullari taqdim etilib, ularning amaliy qo‘llanilishi namoyish qilindi. Ishtirokchilar jarayonga faol jalb etildi, metodlarning dars samaradorligiga ta’siri yuzasidan fikr almashildi.

Seminar o‘qituvchilarda katta kasbiy qiziqish uyg‘otib, tajriba almashish va metodik refleksiya uchun samarali maydon yaratdi, shuningdek ilg‘or yondashuvlarni ta’lim jarayoniga puxta tatbiq etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab berildi.