3-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklarining hududiy boshqarmalari hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash departamenti faxriylar kengashi raisi, zaxiradagi podpolkovnik Oybek Azimov hamda Milliy gvardiya mayorı Nizomiddinov Shaʼrifxoʻja ishtirok etdilar.
Shuningdek, fakultet dekani Dilshod Djurayev va yoshlar masalalari hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov tadbirni ochib berib, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tushunchasining ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mehmonlar tomonidan yoshlar orasida vatanparvarlik ruhiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar alohida taʼkidlab oʻtildi.
Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.