30-avgust kuni OʻzDJTU da navbatdagi dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi oʻtkazildi. 

Unda Xushmurodova Shahnoza Shaymonkulovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bilingval talabalarning ikkilamchi lisoniy identivligini shakllantirishning lingvokognitiv xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Zoom onlayn dasturi orqali tashkil etilgan ilmiy seminar muhokamasida universitet rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. 

Jarayon davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar mohiyati, uning yangiligi va natijasi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube