4-fevral kuni Toshkent shahri, Uchtepa tumani 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi

Mazkur mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari S. Boynazarova va N. Rustamova tomonidan olib borildi.

Dars “My Daily Routine for a Healthy Life” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarning ingliz tilida erkin fikrlash, sog‘lom hayot tarziga oid kundalik odatlarni ifodalash hamda grammatik jihatdan to‘g‘ri gaplar tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirildi.

 

 

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar:
sog‘lom hayot uchun muhim bo‘lgan kundalik odatlar haqida fikr bildirish va ularni ingliz tilida asoslab berishni mashq qildilar;
guruhda ishlash jarayonida o‘zaro hamkorlik va muloqot madaniyatini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube