2023 yil 9 noyabrda Sharq filologiyasi fakulteti Yapon filologiyasi kafedrasi horijiy o'qituvchilar bilan universitetimiz rektori professor Ilhomjon Madaminovich To'xtasinov uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Yaponiyalik ustozlarning O'zbekistonda, hususan jahon tillari universitetida yashash sharoitlari, ish faoliyatlari haqida suhbat bo'lib o'tdi.
Yaponiyalik ustozlar Igusa Kazuko va Hiromu Yamagishi chet  el fuqarolariga ko'rsatilayotgan e'tibor,  yaratilgan shart sharoitlardan juda minnatdor ekanliklarini bildirishdi.


Shuningdek suhbat chog'ida talabalarni yanada tilga bo'lgan qiziqishini uyg'otish maqsadida yapon tili bilan birgalikda yaponiya madaniyatini o'rgatish, yapon filologiyasi kafedrasi ustoz murabbiylariga yaponiyani til o'qitishdagi yangi tehnologiyalarini o'rgatishga kelishildi. Shunigdek hozirda yapon tiliga qiziqish oritib borayotganligini va yaponiya universitetlarida o'qish istagida bo'lgan talabalar soni o'rtayotganini inobatga olib, kelgusida yaponiyadagi universitetlar bilan hamkorlikni yanada ko'paytirishga kelishildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube