- 2024-04-16 09-46
16-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida O’zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida anjuman bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirga Ispaniya elchixonasining O’zbekiston bo’yicha muvaqqat vakili, Ispaniya Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligi huzuridagi Ispaniya oliy ta’limini xalqarolashtirish (SEPIE) tashkliloti hamda Respublikamiz oliy ta’lim muasssalari, Yevropa Komissiyasining O’zbekistondagi “Erasmus+” ofisi va “El-yurt umidi” jamg’armasi rahbarlari tashrif buyurdilar.
Plenar yig’ilishdan so’ng har ikki mamlakat OTMlari rahbarlari o’zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan Ispaniya Qirolligining Sevilya, Granada, Almeriya, Huelva, Salamanka, Valyadolid va San Xorxe universitetlari o’rtasida talaba va o’qituvchilar almashinuvi, ilmiy tadqiqotni rivojlantirish, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish hamda birgalikda xalqaro dasturlar va loyihalarni amalga oshirish kabi yo’nalishlarda hamkorlik to’g’risidagi shartnomalar imzolandi.
Tadbir so’nggida ishtirokchilar uchun ispan va o’zbek milliy raqs va qo’shiqlari, sahna ko’rinishlaridan iborat badiiy dastur namoyish etildi.
Anjuman yakunida,mehmonlar madaniy almashinuvning kengayishiga hissa qo'shishdan mamnunliklarini bildirib,bu kabi uchrashuvlar har ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o'ynashini ta'kidladilar.Tadbirning rasmiy qismi yakunlangach, mehmonlar O'zbek milliy taomlari bilan tanishish uchun tashkil etilgan ziyofatda qatnashdilar. Bu ziyofatda madaniyatlararo muloqot muhiti yaratildi, mehmonlar bir-birlari bilan fikr almashdilar va kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan yangi loyihalar va hamkorliklar haqida kelishib oldilar.