"Baxt formulasi" tanlovi g'oliblari aniqlandi.

20-mart Xalqaro baxt kuni munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan "Baxt formulasi" tanlovi e'lon qilinganligi haqida xabar bergan edik

Tanlov ishtirokchilarining yuborgan ijodiy ishlari hakamlar hay'ati tomonidan ko'rib chiqilib, ijobiy baholandi. 

Xalqaro baxt kuni munosabati bilan tashkil etilgan "Baxt formulasi" tanlovida:

Zayniddinova Robiya Sabriddin qizi — Ingliz tili 1-fakulteti 2314-guruh talabasi,

Rashidova Ruxshonaxon Rustamjon qizi — Ingliz tili 2-fakulteti 2317-guruh talabasi,

Ilhomberdiyeva Husnora Bekzod qizi — Ingliz filologiyasi fakulteti 2328-guruh talabasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva tomonidan g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

2024-06-14 08-06

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi