Besh muhim tashabbus doirasida sport to‘garaklari tashkil etildi
2026-yil 30-iyul kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F. Xabiyeva hamda bo‘lim xodimi N. Israilova tashabbusi bilan 2-kurs talabalari ishtirokida mahalla va umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlar uchun Besh muhim tashabbus doirasida sport to‘garaklari tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mahalla va umumta’lim maktablarida bepul sport to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarni o‘zlari qiziqqan sport turlariga jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Sport to‘garaklari davomida o‘quvchi-yoshlarga jismoniy faollikning inson salomatligidagi o‘rni, sport bilan muntazam shug‘ullanishning afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan turli sport mashg‘ulotlari, amaliy ko‘rgazmalar va jamoaviy o‘yinlar tashkil etilib, ishtirokchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, o‘quvchi-yoshlar va mahalla faollari tomonidan iliq kutib olindi. Bunday sport to‘garaklarini kelgusida ham muntazam tashkil etish orqali yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish rejalashtirilgan.
2026-07-30 01-15