“Bezorilik hamda shaxsga tan jarohati yetkazish jinoyatlarining oldini olish” mavzusida profilaktik-targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
16-aprel kuni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchilari podpolkovnik Egamberdiyev Maqsadbek Avazovich hamda Shukuriy O‘tkir Ro’ziyevich tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida profilaktik-targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda IIV Akademiyasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi oliy hamda kasbiy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, intizomni mustahkamlash hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishning ahamiyatini ta’kidladi.
Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi, “Tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha podpolkovnik Egamberdiyev Maqsadbek Avazovich tomonidan yoshlar o‘rtasida bezorilik va shaxsga tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, ularning huquqiy oqibatlari hamda jamiyat hayotiga salbiy ta’siri yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi.
Shuningdek, tadbirda mayor A. A. To‘raev ham ishtirok etib, huquqiy madaniyatni oshirish, intizomni mustahkamlash va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda amaliy misollar orqali huquqbuzarliklarning oqibatlari tushuntirildi.

Yakunida bunday profilaktik uchrashuvlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni muhim ekani qayd etilib, kelgusida ham hamkorlikdagi tadbirlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.