Bitiruvchi talabalar uchun WORKSHOP tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Karyera markazi tashabbusi bilan bitiruvchi bosqichdagi talabalarni vakant ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida navbatdagi WORKSHOP o‘tkazildi.

 

 

Uchrashuvni universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Ch. Chutpulatov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61 qarori bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy faoliyatini boshlashiga ko‘maklashish va yangi ish o‘rinlari bilan tanishtirishda muhim huquqiy asos ekanini ta’kidladi.

Tadbirda Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Migratsiya va personalizatsiya bo‘limi inspektori, leytenant Soibjon Tulanbayevich Askarov ishtirok etib, talabalarga sohada mavjud vakant ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi, Resume tayyorlash va xizmat faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Workshop talabalar uchun mehnat bozoridagi real imkoniyatlar bilan tanishish, ish beruvchi tashkilot vakillari bilan bevosita muloqot qilish va kelajakdagi kasbiy faoliyatlari yuzasidan zarur tavsiyalar olishda muhim ahamiyat kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube