Bugun 14 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida “Talimga sarmoya-kelajakka sarmoya” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy, xalq respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, YUNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya Kengashi, Fransiya Alyansi, Gyote instituti mutaxassislari hamda 360 nafar pedagoglar ishtirok etdi.
Chet tillarini oʻqitish bo'yicha davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalardan mehmonlarni xabardor qilish va kelgusi yil uchun rejalarni bayon etish, hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan xorijlik pedagoglarning mahoratini keng jamoatchilikka namoyon etib, yuzaga kelayotgan masalalarni muhokama etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitetda faoliyat olib borayotgan tarjimonlar ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunida kelgusi yilda xorijiy tillarni oʻqitishni yanada kengaytirish boʻyicha xalqaro hamkorlar bilan yoʻl xaritasi ishlab chiqildi.