Bugun 28 – noyabr kuni OʻzDJTUda “Yil talabasi” tanlovining universitet bosqichiga start berildi.
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 17- sentyabr “Taʼlim tizimida maʼnaviy maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tashlik etilmoqda
Tanlovni oʻtkazish maqsadida barcha fakultet dekanlari va universitet rahbariyatidan iborat Tashkiliy ishchi guruh tuzildi va ular ushbu tanlovda hakamlar aʼzosi sifati ishtirok etmoqda.
Shaffoflik va ochiqlik tarzida tashkil etilayotgan tanlovda 41 ta talaba orasidan quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
➖Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
➖Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
➖Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
➖Yilning eng faol sportchi talabasi;
➖Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
➖Yilning eng faol ijodkor talabasi;
➖Yilning eng faol tadbirkor talabasi.