Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro trening dasturining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi. 

Trening davomida ishtirokchilar o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi, amaliyot jarayonida aks ettirish, dastur tamoyillari hamda kelajak rejalari haqida fikr almashdilar.

 

 

Dastur quyidagi sessiyalar bilan yakunlandi:
 • “1-kunning muhim jihatlari” va “Maktablarda kasbiy rivojlanish” mavzulari muhokama qilindi.
 • “O‘qituvchilik amaliyotida aks ettirish” mavzusida Kamola Alimova va Gulnora Nosirova tomonidan seminar o‘tkazildi.
 • “Trening dasturining istiqbollari” sessiyasida Yayra Abduraimova, Dina Mamirbayeva, Zamira Abdujabbarova va Durdona Saydazimova ishtirok etdi.
 • “O‘zimga maktub”, “Harakat rejasini tuzish” hamda “Sertifikat topshirish marosimi” bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyalar Nodira Isamuxammedova va Rozaliya Ziryanova tomonidan olib borildi.

Trening O‘zDJTUning Ingliz tili ikkinchi fakultetida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z tajribalarini boyitish bilan birga, kelgusida dars jarayonlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube