Bunkyo Gakuin universiteti rahbariyati bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri rahbarligidagi delegatsiya Yaponiyaning Bunkyo Gakuin universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Delegatsiya a’zosi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov uchrashuvda ishtirok etdi.
Mehmonlarni universitet prezidenti Tsutomu Fukui hamda universitet boshqaruv kengashi raisi Shimada Masakazu kutib oldi. Muloqot chog‘ida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, delegatsiya universitet kampusi va fakultetlari bilan tanishdi.
Ta’kidlash joizki, ayni paytda O‘zDJTUning 3 nafar talabasi Bunkyo Gakuin universitetida grant asosida tahsil olmoqda.