Buyuk mutafakkir xotirasiga ehtirom: Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati
Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutorlari M. Abdullayeva va K. Mamadaliyeva boshchiligida buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida Alisher Navoiy ijodining o‘zbek adabiyoti va milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, uning asarlarida ilgari surilgan ezgulik, insonparvarlik va adolat g‘oyalari xususida atroflicha fikr almashildi.
Davra suhbatida talaba yoshlar buyuk bobokalonimiz merosiga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yana bir bor namoyon etib, Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir talaba yoshlar qalbida milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.