Xabaringiz bor, ayni kunlarda hozirda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi P.Jo’rayev,  roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda xalqaro va ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini A.Xalillayevlar Ispaniyada xizmat safarida bo'lib turibdi.

Bir necha kun avval universitetimiz vakillari Ispaniyaning Xaen universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolagani haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu delegatsiyamiz Xaen universitetida talabalar tomonidan tashkil etilgan festivalda ishtirok etishdi. 

Ushbu festivalda Xaen universitetida tahsil olayotgan turli millat vakillari o'z xalqlarining urf-odat hamda an'analari, milliy kuy-qo'shiqlari bilan iqtidorlarini namoyish etishdi. 
Delegatsiyamizning Ispaniyaga xizmat safari davom etmoqda.

2024-05-27 01-14

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi