Dissertatsiya himoyasi: filologiya yo‘nalishidagi plurilingval kompetensiya muhokama markazida

31-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.114.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Himoyada Isanova Zebuniso Shavkatovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Filologiya yo‘nalishi talabalarining plurilingval kompetensiyasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishi keng muhokamaga qo‘yildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar, kengash a’zolari va sohaga oid yetuk mutaxassislar ishtirok etdilar.

Dissertatsiyada filologik ta’lim sohasida plurilingval kompetensiyani shakllantirishga doir ilmiy-nazariy yondashuvlar va amaliy yechimlar o‘rganildi. Kengash a’zolari mazkur tadqiqot ishini dolzarb va ilmiy jihatdan asoslangan deb baholab, dissertantga ijobiy fikr bildirdilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube