Joriy yilning 10-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi. Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminarda tadqiqotchi Yoʻldoshev Ulugʻbek Ravshanbekovichning 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Talabalarga badiiy tarjimani oʻqitishning lingvistik va metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi. Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.

2024-05-14 10-49

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi