10-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 15-son majlisi  bo‘lib o‘tdi.

Dasturda Samiyeva Sayyora Ne’matovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

ZOOM onlayn dasturi orqali ham bo‘lib o‘tgan ilmiy kengashda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.

2024-08-13 02-12

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi