17-mart kuni pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovna doktorantlar uchun “Metodika, metod, usul va texnologiya tushunchalarining mazmun-mohiyati” mavzusida master-klass o'tkazdi
Ushbu tadbir so‘rovnomaga asoslangan tadqiqot shaklida tashkil etilib, unda ta’lim amaliyoti, ilmiy tadqiqotlar va dissertatsiya yozish jarayonida uchraydigan ta’lim usuli, metodi, vositasi, texnologiyalari, shakli hamda tamoyillarining mazmuni, farqlari va ularni qo‘llash jihatlari tahlil qilindi.
Master-klass yakunida doktorantlarning ilmiy qiziqishlari aniqlanib, ularning 26,2%i ta’lim paradigmalaridan foydalanish, 32,3%i nazariy va empirik interpretatsiya, 69,2%i ilmiy tadqiqot usullarini qo‘llash yo‘llari, 35,4%i esa metodologik yondashuv mavzulariga qiziqish bildirgani ma’lum bo‘ldi.