“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” chempionatining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar o‘rtasida ommaviy kompyuter sportini rivojlantirish, kibersportga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular orasida sog‘lom turmush tarzi va tizimli sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “CS2” o‘yini bo‘yicha kibersport musobaqasi tashkil etildi.

 

 

Musobaqada universitetning turli fakultetlaridan 8 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin – UZSWLU TEAM (Universitet terma jamoasi)
2-o‘rin – Ingliz filologiyasi fakulteti (kechki bo‘lim)
3-o‘rin – Ingliz filologiyasi fakulteti (kunduzgi bo‘lim)

1-o‘rinni qo‘lga kiritgan UZSWLU TEAM jamoasi keyingi – hududiy bosqichda universitet sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ushbu musobaqa nafaqat talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirdi, balki ularning strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarini ham rivojlantirdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube