“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ta’lim tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi faol ishtiroki uchun Bektemir tumani hokimligi tomonidan universitet vakillari taqdirlandi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur loyiha va tadbirlarni sifatli tashkil etishga qo‘shgan hissasi hamda ko‘rsatgan yordami uchun quyidagilar Bektemir tumani hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar:
Chutpulatov Muxammadjon Chariyevich – O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Eshmamatov Farrux Eshqobil o‘g‘li – O‘zDJTU O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi
Turg‘unova Shoxsanam Alisher qizi – Ingliz filologiyasi fakulteti Amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Yusupova Nilufar Azamatjon qizi – Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi stajor-o‘qituvchisi
Taqdirlash marosimida universitet rektori I. Tuxtasinov ishtirok etib, faol ishtirokchilarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi hamda ularga tashakkurnomalarni topshirdi.