ECO HASHAR — TOZA MUHIT, GO‘ZAL KELAJAK!

ECO HASHAR — TOZA MUHIT, GO‘ZAL KELAJAK! 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan “Toza tabiat — bizning kelajagimiz!” shiori ostida eco-hashar tashkil etildi.

 Hashar davomida talabalar universitet hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni toza saqlash hamda yashil makonni asrashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

 Zero, tabiatni asrash — nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir. Har bir ezgu harakat toza va obod muhit sari tashlangan muhim qadamdir!

 Tozalik o‘zimizdan boshlanadi!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube