31-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “El-yurt umidi” jamgʻarmasining xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida taʼlim olish uchun 2023-yilgi 2-stipendiya tanlovlari oʻtkazilishi tartibi boʻyicha onlayn seminar oʻtkazildi.
Mazkur seminarda OʻzDJTU doktorantlari qatnashib ajratilgan kvotalar, ustuvor yoʻnalishlar va hujjatlarni topshirish tartibi boʻyicha kerakli maʼlumotlar olishdi.