OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYLAR VAZIRLIGI
O'ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI
UNIVERSITETI
INGLIZ FILOLOGIYASI FAKULTETI
INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI VA TA’LIM
TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
AXBOROT XATI
2024-yil 18 may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida
«Qiyosiy tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb
muammolari va ularni o‘qitishdagi zamonaviy texnologiyalar»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. Ushbu
konferensiya ingliz va o’zbek tilshunosligining dolzarb muammolariga
bagishlangan.
Anjumanda muhokama qilinadigan yo‘nalishlar:
1. Sho‘ba: Qiyosiy va chogishtirma tilshunoslikning dolzarb muammolari
2. Sho‘ba: Chet tillarini oqitishda intefaol metodlarning ahamiyati
3. Sho‘ba: Chet tillarni oʼqitishda qiyosiy tilshunoslikning o’rni
4. Sho‘ba: Tilshunoslikning lingvomadaniyatshunoslik va lingvopragmatika
bilan bogliqligi
5. Sho‘ba: Tarjima nazariyasi va amaliyotini o‘qitish metodikasi
6. Sho‘ba: Qiyosiy adabiyotshunoslikning badiiy tarjimada aks etishi
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida qatnashishga xorijiy davlatlar
va respublikamiz professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodim
va izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari va magistrantlari taklif
etiladi. Dastur va tezislar to‘plami anjuman otgandan so’ng chop etiladi.
Taqdim etiladigan anjuman tezislariga qo‘yiladigan talablar:
Tezislar Jahon tillari konferensiya telegram gruppasi orqali
yuborilishi lozim (Word formatida fayl–birinchi muallifning familiyasi,
masalan: «nabiev.doc»). Tezisda annotasiya va kalit so’zlar maqola berilgan
tilda bo’lishi talab qilinadi. Anjuman qatnashchisining talabnomasi
(zayavka)ni taqdim etish majburiy hisoblanadi. Tezis va talabnoma ikkita fayl
qilinib, bitta xatda yuborilishi kerak.
Taqdim etilayotgan tezis Times New Roman tahririda 14-shriftda 3-5-
bet bo‘lgan xajmda A4 formatda rasmiylashtiriladi. Qog‘ozning
xoshiyalaridagi o‘lchamlari: chapdan – 2,5 sm, o‘ngdan - 2,0 sm,
yuqoridan – 2,5 sm va pastdan – 2 sm. Satr boshi uchun 1,0 sm qoldiriladi.
Matn eni bo‘yicha tekislangan bo‘lishi kerak. Qatorlar orasida 1,5 interval.
Maqolaning nomi markazga qoraytirilgan shrift bilan yoziladi.
Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi. Keyingi satrdan muallifning F.I.Sh., ilmiy
darajasi va unvoni yoziladi. Ularning ostiga qator qoldirmasdan kichik
harflarda tashkilotning to‘liq nomi, shahri, davlati yoziladi. Keyingi qator
o‘tkazib yuboriladi va navbatdagi qatordan maqolaning matni yoziladi.
Manbalarga havolalar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim
(namunaga qarang). Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz.
Tezis va
talabnomalar 2024-
yilning 16-may
kuni yakuniga qadar
qabul qilinadi.
Anjuman qatnashchilari
sertifikat bilan
taqdirlanadi va
ma’lumotlar Google
schoolar bazasida
indekslanadi
Manzil: O’zDJTU,
Ingliz filologiyasi
fakulteti binosi.
Telefon:
+998 (90) 9514685
Telegram:
+998(90) 2693721
Telegram guruh:
https://t.me/+ND9el
Ebw4DhhNjE6
N A M U N A
TEZISNING NOMI
Muallifning familiya, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni
tashkilot nomi, shahar
1. Kirish
2. Asosiy matn
3. Xulosa
4. Adabiyotlar ro‘yxati
1. Muallif. Manba nomi. Nashr qilingan joyi, nashr qilingan yili
Anjuman qatnashchisining talabnomasi (zayavka)ning namunasi:
1. Familiya, ism, sharifi (to‘liq)
2. Ilmiy darajasi va unvoni
3. Ish joyi, lavozimi
4. Anjuman yo‘nalishi (seksiya) raqami
5. Tezisning nomi
6. Telefon
7. @mail
DIQQAT!
Xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun tezis va talabnomalar 2024-yilning 16-
may kuni yakuniga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita ilmiy tezislarni tanlab olish huquqiga ega.
Faqat tahririyat a’zolari tomonidan nashrga tavsiya etilgan mualliflarning
tezislari chop etiladi.
Talablarga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmaydi va mualliflarga
qaytarilmaydi. Tezislarning har bir beti uchun 35 000 so’mdan to’lov mavjud. Talabalar
uchun alohida chegirmalar mavjud. Maqolalarning mazmuni va to'g'riligi uchun
mualliflar javobgardir. Plastik karta raqami: 9860 0201 1647 3966
Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Ingliz filologiyasi fakulteti binosi.
Anjuman o‘tkazish uchun mas’ullar: O’zDJTU, Ingliz filologiyasi fakulteti
Ingliz tilini o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri
Qo’ldosheva Shahnoza Akramovna va kafedraning azolari.
Telefon: +998 (90) 9514685; +998 (90) 2693721
Maqolalarni quyidagi Jahon tillari- xalqaro ilmiy konferensiya
(Ushbu link orgali telegram gruppamizga ulanishingiz mumkin
https://t.me/+ND9elEbw4DhhNjE6) telegram orqali yuborishingiz mumkin.
Telegram: +998(90) 2693721

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube