O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi” 247-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektorining 2024-yil 2-avgustdagi 306-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
13-sentyabr kuni O‘zDJTUda xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Talabalar bugun uchinchi bosqich – tarjima va toʻrtinchi bosqich – suhbat (speaking) boʻyicha oʻz bilimlarini namoyish etishdi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar o‘rtasida iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash, ularning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda tarjimonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan olimpiadada universitetning barcha fakultetlaridan saralangan talabalar chet tillari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.