FILOLOGIYA FANLARI DOKTORI (DSc) DISSERTATSIYASI HIMOYASI BÖLIB ÖTDI
3-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Qöçqorova Sadoqat Toşpölatovnaning 10.00.13 – Qiyosiy va çoğiştirma tilşunoslik ixtisosligi böyiça «Turli janr matnlarida simvolik obrazning voqelanişi va tarjima muammolari» mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bölib ötdi.
Ilmiy kengaş majlisi oflayn va ZOOM platformasi orqali onlayn şaklda taşkil etildi. Himoya jarayonida talabgor tomonidan dissertatsiya işining asosiy mazmuni, ilmiy-nazariy qaraşlari, tadqiqot natijalari va erişilgan ilmiy yangiliklar yuzasidan taqdimot qilindi.
Muhokamalar davomida ilmiy işning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining ilmiy asoslanganligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Jarayonda ilmiy rahbar hamda rasmiy opponentlar — filologiya fanlari doktorlari va professorlar iştirok etib, dissertatsiya yuzasidan öz fikr va tavsiyalarini bildirdilar.
Himoya yakunida ilmiy kengaş aʼzolari tomonidan dissertatsiya işi atrofliça muhokama qilinib, belgilangan tartibda ovoz beriş jarayoni ötkazildi.
2026-11-03 10-28