O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Respublika til o‘qitish markazida tashkil etilgan Gid-tarjimonlik tayyorlov kursi tinglovchilari poytaxtimizdagi bir qator muzeylarga tashrif buyurdilar.
Xususan, tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli “Geologiya muzeyi” va Qurolli kuchlar muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida muzeylar faoliyatining asosiy maqsadi va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda muzey ekspozitsiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Muzey xodimlari tomonidan olib borilgan mazmunli sharhlar tinglovchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.