O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qarorida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida,
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov,Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo’ldoshev,fakultet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha dekan muovini M.Musabekova,Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri J.Abdug'aniyeva hamda kafedra professor-o’qituvchilaridan A.Hamidov, A.To‘raev va K.Alimova,Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi volontyor-o'qituvchisi Liu Xuemeidan iborat universitet vakillari oliygohning Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasiga biriktirilgan Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi. 

Mehmonlar ijod maktabi rahbariyati hamrohligida maktabda tashkil etilgan Halima Xudoyberdiyeva muzeyi bilan shuningdek, ta’lim dargohida o'quvchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishishdi.

Maktabda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda tahsil olayotgan o’quvchilar bilan qizg'in suhbat va o'zaro savol-javoblar bo'lib o’tdi. Jumladan, rektor I.Tuxtasinov tomonidan universitet va ijod maktabi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga doir tashabbuslar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o’qituvchisi A.Hamidov tomonidan maktab o’quvchilari uchun mahorat darsi tashkillashtirildi. 

Bundan tashqati, ijod maktabida O'zDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi filiali ochilish marosimi ham o'tkazildi.

Tashrif nihoyasida tomonlar  hamkorlikni muntazam davom ettirishga kelishib olishdi, qolaversa, kelgusidagi rejalar, xususan, maktab o'quvchilari uchun xitoy tilini o'qitish bo'yicha mutaxassis ham ajratilishi haqida ta’kidlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube