Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

 

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.To‘xtasinov, Toshkent shahar sport boshqarmasi boshlig‘i B.Ubaydullayev, Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori A.Mamadaliyevlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

 

Hamkorlik memorandumida Jahon tillari universitetida ustuvor, istiqboldagi va rivojlanayotgan sport turlari bo‘yicha sport klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Besh tashabbus olimpiadasi" sport  musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida talabalar ishtirokini ta’minlash masalalari o‘rin olgan. 

 

 

Shuningdek, talabalar orasidan iqtidorlilarini saralab, professional tarzda shug‘ullanish uchun sport maktablariga yo‘naltirish, sportning voleybol, futbol, gandbol va basketbol turlaridan jamoalarni shakllantirib, sport maktablari trenerlarini biriktirish masalalari ham nazarda tutilgan.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube