28-iyun kuni Ingliz tili 3-fakultetida o‘quv yil yakuni bo‘yicha kafedra hisoboti majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi mudiri Po‘lat Omonov hamda Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi mudiri Sumanbar Atqamova tomonidan tashkil etilgan yig'ilish davomida kafedralarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy hamda ma'naviy ishlar bo‘yicha erishilgan yutuq va kamchiliklar sarhisob qilindi. 

O‘quv-uslubiy sohada talabalarimizning til bilish sertifikatlari miqdori sezilarli oshgani;                                                                                           
Ilmiy sohada fakultetimizda ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar ishga qabul qilish orqali ilmiy salohiyat oshib borayotganligi va kafedralar kesimida bir qancha professor-o‘qituvchilar himoyasi kutilyotganligi;                                                       
Xalqaro hamkorlik sohasida 8-iyun kuni jahon reytingida ilk ikki yuztalik o‘rinni egallab turgan AQShning Arizona universitetidan “Rus/O‘zbek tili va Evroosiyo tadqiqotlari” loyihasi doirasidagi yozgi lager dasturi;
O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti rahbar-xodimlari va professor o‘qituvchilari joriy yilning 24 iyun kuni Buyuk Britaniya Portsmut universitetida mutaxassislik bo‘yicha malaka oshirish kursi loyihasi;                                      
Ma'naviy ishlarda talabalarimizning “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovlarida, “Teatr studiyalari” ko‘rik tanlovlarida yuqori marralarga erishganliklari tahsinga sazovor.            
                             
Shuningdek, Ingliz tili 3-fakulteti dekani T.S.Ismailov tomonidan universitetimiz ravnaqi yo‘lida oliygoh rektori Ilxomjon Madaminovich tomonidan ilgari surilayotgan tashshabbuslarni va berilayotgan vazifalarni a’lo darajada amalga oshirishimiz uchun bir jamoa sifatida ishlashimiz zaruzligi ta’kidlandi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy hamda ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari tomonidan kelgusi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalasida taklif va tavsiyalar berildi.

2024-07-08 11-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi