“Ilhom” mukofoti tanlovi bo‘yicha saralash bosqichi boshlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-martdagi 118-sonli buyrug‘iga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida “Ilhom” mukofoti tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovning maqsadi: shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganish, talabalarda adabiyotga qiziqishni oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish.

Tanlov tartibi:
 • Dastlabki saralash bosqichi universitetda tashkil etiladi.
 • Saralash sinovlari oshkoralik va shaffoflik tamoyillari asosida, amaldagi Nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
 • Eng yuqori ball to‘plagan uch nafar nomzod asosiy bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
 • Nomzodlarning hujjatlari universitet rektorining taqdimnomasi asosida tegishli tashkiliy qo‘mitaga yuboriladi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar oʻz fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube