2024-yil 27-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi M.F.Polvonova tomonidan “Pul birliklarini ifodalovchi komponentli frazeologizmlarning semantik va pragmatik xususiyatlari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida talaba yoshlar va kafedra professor-oʻqituvchilariga mavzu yuzasidan kerakli tushunchalar berildi.
M.F.Polvonova tomonidan oʻtilgan ilmiy seminar qiziqarli va savol javoblarga boy boʻldi. Ilmiy seminar mashg’uloti davomida tarqatma materiallar ham ishlatildi.
Tadbirni tashkil etishda mavzuga oid boʻlgan oʻquv metodlari qoʻllanildi va matnlarni tarjima qilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni oson yoʻl bilan hal qilish texnikalarini tajribada sinab koʻrishdi.