Ilxomjon Tuxtasinov talabalar yashash sharoitidan muntazam xabardor bo‘lib turibdi

2025-yil 23-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi.

 

 

Tashrif davomida rektor talabalarning yashash sharoitlari, ularning kundalik ehtiyojlari va muammolari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, uy egalari bilan muloqot qilib, talabalar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Ilxomjon Tuxtasinov universitet ro‘parasida joylashgan qizlar yotoqxonasida ham bo‘lib, talabalar bilan suhbatlashdi va ularning fikr hamda takliflarini tingladi. Talabalarga tozalik, xavfsizlik qoidalari va elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish bo‘yicha eslatmalar berdi.

 

 

Ma’lumot uchun: Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1575 ta ijara xonadoni bilan hamkorlik qilmoqda. Bu orqali 9000 nafarga yaqin talaba uy-joy bilan ta’minlanmoqda. Rektor va universitet rahbariyati mazkur jarayonni izchil davom ettirib, barcha xonadonlarni bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube