Ingliz filologiyasi fakulteti yangi o‘quv yiliga tayyor!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti 2026–2027-o‘quv yilini yangilangan muhit va yangi imkoniyatlar bilan qarshi olish arafasida.
Fakultetda o‘quv auditoriyalari va umumiy foydalanish joylari tartibga keltirilib, ta’lim jarayoni uchun zarur sharoitlar yanada yaxshilandi. Yangilangan muhit talabalarning ingliz tilini chuqur o‘zlashtirishi, nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishi, ijodiy fikrlashi va zamonaviy ko‘nikmalarini rivojlantirishiga xizmat qiladi.
Yangi o‘quv yilida talabalarni yangi bilimlar, qiziqarli loyihalar, ijodiy izlanishlar va katta imkoniyatlar kutmoqda.
Ingliz filologiyasi fakulteti — til, bilim va yangi imkoniyatlar sari!