Ingliz tili 1-fakulteti yangi o‘quv yilini kutib olishga tayyor!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 1-fakulteti 2026–2027-o‘quv yilini yangi maqsad va rejalar bilan kutib olishga shay.
Fakultetda o‘quv auditoriyalari va mavjud infratuzilma tartibga keltirilib, talabalar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha zarur ishlar yakunlandi.
Yangilangan va tartibga keltirilgan muhitda talabalarni sifatli ta’lim, mazmunli mashg‘ulotlar hamda yangi imkoniyatlar kutmoqda.
Endilikda fakultet jamoasi yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat va katta maqsadlar bilan kutib olmoqda.
Ingliz tili 1-fakulteti — yangi o‘quv yiliga tayyor!
2026-08-10 05-12