Ingliz tili 2-fakultetining 2024–2025 o‘quv yili yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi ( dolzarb 90 kun)

 

26-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 2-fakultetida 2024–2025 o‘quv yili davomida amalga oshirilgan faoliyatlar bo‘yicha yakuniy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fakultetning yillik faoliyati muhokama qilindi:
o‘quv va o‘quv-uslubiy sohada amalga oshirilgan ishlar;
 ilmiy ishlar bo‘yicha erishilgan natijalar;
xalqaro hamkorlik yo‘nalishida olib borilgan tashabbuslar;
 ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va talabalarning ijtimoiy faolligi;
 2024–2025 o‘quv yili yakuni bo‘yicha mavjud muammolar va takliflar;
 2025–2026 o‘quv yilida universitetni rivojlantirish bo‘yicha rejalar va takliflar.

 

 

Yig‘ilishda universitet rahbariyati, fakultet dekani hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul prorektorlar ishtirok etdi. Jumladan, rektor Ilxomjon Tuxtasinov, birinchi prorektor V.A. Sadiyev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Ch. Chutpulatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Ya. Yusupov, xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.A. Nasirov, moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M.S. Xamrayev, shuningdek, Ingliz tili 2-fakulteti dekani va fakultet bo‘limlari rahbarlari yig‘ilishda faol ishtirok etishdi.

 

 

Yig‘ilish davomida fakultetda o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, talabalar salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi taklif va mulohazalar bildirildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube