INGLIZ TILI 3-FAKULTETIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

INGLIZ TILI 3-FAKULTETIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 3-fakultetida talaba-yoshlarning taklif va murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

 



Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ingliz tili 3-fakulteti dekani Ilhom Xaydarov professor-o‘qituvchilar hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida talabalar ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati, mavjud imkoniyatlar va o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan savol va takliflarini bildirdilar. Rektor tomonidan talabalarning murojaatlari tinglanib, bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fakultet dekani Ilhom Xaydarov talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligi, ilmiy izlanishlari va fakultet hayotidagi ishtiroki haqida so‘z yuritib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Talabalar yanada faol va tashabbuskor bo‘lishga chorlandi.

 

 


Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan ijtimoiy va o‘quv jarayoniga oid taklif hamda tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Bildirilgan murojaatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul xodimlar va tyutorlar biriktirildi.

Yoshlar bilan bunday ochiq va samimiy muloqotlarni muntazam davom ettirish, ularning takliflarini o‘rganish hamda istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube