27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi N1 kafedrasi o‘qituvchilari Gulmira Juraboyeva, Mohinbonu Mardonova hamda iqtidorli talabalari Turg‘unboyeva Arofatxon va Erkinboyeva Aziza tashabbusi bilan 104-umumta’lim maktabida “Kitob – kelajagimiz” nomli ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Tanlov uchta shart asosida o‘tkazildi:
1. Ifodali she’r o‘qish – ishtirokchilar o‘z bilgan she’rlarini ifodali tarzda o‘qib berdilar.
2. Men sevgan adib va asar – o‘zlari yoqtirgan adib va asar haqida ma’lumot berib, fikrlarini bildirdilar.
3. Tezkor savol-javob – o‘quvchilarga 2 daqiqa ichida adabiyotga doir savollar berilib, ular tezkor javob berishdi.
Tanlovda maktabning iqtidorli o‘quvchilari faol ishtirok etdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ko‘rik-tanlov juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi va bu tadbir orqali ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlandi.