2025-yil 3–4 dekabr kunlari Italiyadagi Roma Tre Universitetida ispan tilini oliy ta’limdan tashqari muassasalarda o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan IV Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir aralash — onlayn va an’anaviy — formatlarda tashkil etildi va unda Italiya, Ispaniya, Meksika, O‘zbekiston, Hindiston va boshqa davlatlardan yetakchi tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, ispan tilini o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari, innovatsion amaliyotlar va xalqaro istiqbollarni taqdim etdilar.

Seminar davomida ispan tili didaktikasi, raqamli ta’lim, o‘qituvchilarning zamonaviy kompetensiyalari, madaniyatlararo muloqot va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston ta’lim muassasalari vakillari ham seminar doirasida ilmiy izlanishlari bilan ishtirok etdi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan Gulnoza Narbayeva va Dilrabo Baxronova ma’ruzalar taqdim etdilar.

Ushbu ma’ruzalar O‘zbekistonda ispan tili ta’limini modernizatsiya qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga muhim hissa bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube