Joriy yilning 5-11 iyun kunlari O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda Italiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan O'zbekistonda faoliyat yurituvchi barcha italyan tili o'qituvchilari uchun metodik seminar tashkillashtirildi.

Ushbu seminarni Italiyaning Sapienza universiteti rektori, tillarni o'qitish metodikasi bo'yicha bosh mutaxassisi Carlo Guastalla olib bordi.

Jami o'ttiz soatdan iborat bo'lgan "Italyan tili guruhlarida o'qitish metodikasi" kursi yakunida ishtirokchilar maxsus sertifikatlar hamda kitoblar bilan taqdirlanishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube