Joriy yilning 4-dekabr sanasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida "Biz giyohvandlikka yoʻq deymiz" shiori ostida "Giyohvandlik umr zavoli" mavzusida tarbiyaviy-profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultet dekani Z. Bazarov, Universitet profilaktika katta inspektori kapitan M.Nurmuxammedova, Uchtepa tumani IIO FMB jinoyat qidiruv boʻlimi "Narkomaniya" boʻlimi xodimi leytenant A. Rejabov hamda fakultet tyutorlari: O. Artiqova, M. Xudayberdiyevalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalarga Giyohvandlik bugungi kunda jamiyatimiz uchun eng xavfli illat ekanligi, u insonning faqat sogʻlig'iga emas uning kelajagiga, orzu umidlariga, yaqinlariga ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatishi takidlab oʻtildi.Unutmaylik, Giyohvandlik - umr zavoli. Hayot esa bir marta beriladigan neʼmatdir. Uni asrash, qadrlash va toʻgʻri yoʻlda sarflash esa oʻz qoʻlimizda